Oʻzbekiston va Estoniya birgalikda elektron hukumatni rivojlantiradi

    Raqamlashtirish 17 Aprel 2021 953

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Estoniya Elektron boshqaruv akademiyasining ijrochi direktori X. Astok bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Unda Oʻzbekiston va Estoniya oʻrtasida elektron hukumat sohasida hamkorlik olib borish toʻgʻrisida memorandum imzolandi.

    Mazkur memorandumda elektron hukumatni rivojlantirish boʻyicha ikki davlat oʻzaro hamkorligining asosiy yoʻnalishlari belgilangan.

    Memorandum Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari O. Pekos hamda Estoniya Elektron boshqaruv akademiyasining ijrochi direktori X. Astok tomonidan imzolandi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.