Oʻzbekiston va Fransiya iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiradi

    Xalqaro hamkorlik 13 Oktabr 2020 1327

    Mamlakatimizning Fransiyadagi elchixonasi delegatsiyasi Burgundiya viloyatining Ravyer shahriga amaliy safar qildi.

    Mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatimizga Fransiyaning ilgʻor kompaniyalarini jalb etish maqsadida tashkil etilgan tadbirlar doirasida Ravyer shahri meri Letiyen Bruno, “Rocamat” kompaniyasi prezidenti Jan-Lyuis Marpila va “Brousse dellʼAquila” fondi direktori Pyer Brus bilan muzokaralar oʻtkazildi.

    Uchrashuv davomida Shuningdek, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy, huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, mamlakatimizning sarmoyaviy, savdo-iqtisodiy va turizm salohiyati haqida soʻzlab berildi, kitoblar va turli taqdimot materiallari tarqatildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

    “Rocamat” kompaniyasi 1853-yilda tashkil etilgan, — dedi kompaniya prezidenti Jan-Lyuis Marpila. — Kompaniya tabiiy toshlarga ishlov berish va ularni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxonamiz tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotning tabiiyligi, qayta ishlash xususiyati mavjudligi va binolarning issiqligini saqlash darajasiga moyilligi sababli ularga Fransiyada talab yuqori. Biz oʻzbekistonlik tadbirkorlar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga tayyormiz.