Oʻzbekiston va Germaniya texnoparklari hamkorligi kengaytirilmoqda

    Ikki davlat oʻrtasida innovatsion infratuzilmalarni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

    Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda “Yashnobod” innovatsion texnoparki tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi koʻmagida Berlin Innovatsion agentligi eksperti bilan onlayn uchrashuv oʻtkazildi.

    Unda germaniyalik ekspert Oʻzbekistondagi mavjud texnoparklar oʻrtasida xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, xalqaro aloqalarni rivojlantirish masalalari haqida oʻz fikrlarini aytib oʻtdi.

    Uchrashuvda Oʻzbekiston–Germaniya davlatlari oʻrtasida innovatsion infratuzilmalar, xususan texnoparklar, ilmiy parklar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda qoʻshma dasturlar, istiqbolli startap loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.