баннер
30 Mar 2025
02:31

    Oʻzbekiston va Gruziya oʻrtasidagi hamkorlik qirralari kengaytiriladi

    Joriy yil 25-martda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari O. Mamatkarimov Gruziyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kotariya David bilan uchrashdi.

    Muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Gruziya oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, jumladan, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va turizm sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama etildi. Tomonlar turizm sohasida hamkorlikni mustahkamlashga qiziqish bildirib, mutaxassislar tayyorlash va qoʻshma sayohatlar tashkil etish boʻyicha tajriba almashishga tayyor ekanliklarini taʼkidladilar.

    Shuningdek, uchrashuvda 5-9-aprel kunlari Toshkentda Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi oʻtkazilishi va unda 190 ga yaqin davlatdan 2 mingga yaqin parlament aʼzolari ishtirok etishi muhokama etildi.

    Oʻz navbatida, elchi Gruziya parlamenti raisi Shalva Papuashvili boshchiligidagi 14 nafar delegatsiya aʼzolari mazkur anjumanda ishtirok etishini maʼlum qildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech