O‘zbekiston va Hindiston yetakchilari investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdilar

    Hukumat 1 Dekabr 2023 3508

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni Dubay shahriga amaliy tashrif doirasida Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi.

    Ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

    Kommunikatsion texnologiyalar, farmatsevtika, fan va ta’lim, sog‘liqni saqlash, an’anaviy tibbiyot va yoga sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish va qo‘shma dasturlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.