Bu haqda transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Bu bo‘yicha 6 sentyabr kuni Tel-Aviv shahrida o‘tgan O‘zbekiston va Isroil aviatsiya ma’muriyatlari uchrashuvida bayonnoma imzoladi. Unga ko‘ra, «O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Isroil davlati hukumati o‘rtasida tuzilgan havo transporti to‘g‘risida bitim» (Toshkent, 1994 yil 4 iyul, 1996 yildan kuchga kirgan)ga o‘zgartirish kiritildi.

Hujjatga Isroil transport va yo‘l harakati xavfsizligi vaziri Miri Regev va O‘zbekistonning Isroildagi favqulodda va muxtor elchisi Feruza Maxmudova imzo chekdi. Unda ikki davlat o‘rtasida havo qatnovini amalga oshirish uchun aviatashuvchilar soni va yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan cheklovlar olib tashlanishi nazarda tutilgan.