Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Italiya Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Luiji Di Mayo oʻzaro tabrik yoʻlladi.
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri oʻz maktubida oʻtgan yillar davomida ikki tomonlama munosabatlarning mustahkam poydevori yaratilgani, Yevropa Ittifoqi, BMT institutlari va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida yaxshi hamkorlik yoʻlga qoʻyilgani qayd etilgan.
Oʻzbekiston va Italiya oʻrtasidagi anʼanaviy doʻstona va oʻzaro manfaatli munosabatlarni ikki mamlakat xalqlari farovonligi yoʻlida kengaytirish va mustahkamlashga ishonch bildirildi.
Italiya Tashqi ishlar vaziri Oʻzbekiston bilan Italiya oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik mustahkam sheriklikka aylangani, turli daraja va shakllardagi muntazam muloqotlar yoʻlga qoʻyilgani bunga yaqqol dalolat ekanini taʼkidladi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
“Italiya Yevropa va Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlar mustahkamlanayotganini olqishlaydi va shu maqsadda Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolanishini qoʻllab-quvvatlaydi”, — deyiladi Luiji Di Mayo maktubida.