Ikki mamlakat oʻrtasida tayinlangan aviakompaniyalar soni boʻyicha cheklovlar bekor qilindi;
Oʻzbekiston bilan Koreya oʻrtasidagi amaldagi muntazam aviaqatnovlar sonini har bir tomon aviakompaniyalari uchun haftasiga 10 tadan 24 taga oshirish huquqi berildi;
Bu esa oʻz oʻrnida bugungi kunda mamlakatimizda xorijiy sayyohlarni Oʻzbekistonga jalb etish boʻyicha davlat darajasida olib borilayotgan siyosat doirasida ikki mamlakat oʻrtasida har bir tomon aviakompaniyalariga haftasiga 24 tadan, ikki mamlakat oʻrtasida jami 48 ta aviaqatnovni amalga oshirish imkonini beradi.
Bunda, har ikki davlat tayinlangan aviakompaniyalariga har bir tomondan Toshkent va Seul shaharlari oʻrtasida haftasiga 12 tagacha, Koreyaning hududiy viloyatlaridan Toshkent shahriga haftasiga 4 tagacha;
Oʻzbekistonning hududiy viloyatlaridan Seul shahriga haftasiga 4 tagacha, Oʻzbekiston va Koreya hududiy viloyatlari oʻrtasida haftasiga 4 tagacha muntazam aviaqatnov amalga oshirish huquqi berildi;
Shuningdek, har ikki tomon aviakompaniyalari uchun Janubiy Koreyaning “Jeju” hamda Oʻzbekistonning “Samarqand” xalqaro aeroportlarida eʼlon qilingan maxsus “Ochiq osmon” rejimidan ikki tomonlama foydalanish boʻyicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.
Mazkur erishilgan kelishuvlar ikki mamlakat oʻrtasida savdo va iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi, yoʻlovchi, yuk va tovar aylanmalari hajmining ortishi hamda Koreyalik sayyohlarni Oʻzbekistonning tarixiy shaharlariga jalb etish uchun xizmat qiladi.