Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva va Koreya Respublikasining Birinchi xonimi Kim Chen Suk Seuldagi Milliy reabilitatsiya markaziga tashrif buyurdi.
Markaz nogironligi boʻlgan shaxslar salomatligini mustahkamlash va ularning jamiyatga qoʻshilishiga reabilitatsiya, tadqiqot va taʼlim yoʻli bilan yordam beradi.

Mehmonlar markazning ilgʻor tajribasi bilan tanishdilar. Innovatsion texnologiyalar, laboratoriya faoliyati, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun zamonaviy yordamchi vositalarni ishlab chiqarish jarayoni namoyish etildi.






OʻzA









