Oʻzbekiston va Koreya noyob va kamyob metallar sohasida hamkorlik qilmoqda

    Bugun Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish zavodiga Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasining delegatsiyasi tashrif buyurdi.

    Dastlab, Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi boshchiligidagi delegatsiya vakillari “OʻzTMK”AJda ishlab chiqariladigan mahsulotlar bilan tanishtirildi.

    Shundan soʻng, Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon hamda “Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati”AJ boshqaruv raisi Farhod Abdullayev, masʼullar, soha vakillari ishtirokida muzokaralar olib borildi.

    Unda Koreya bilan hamkorlikda istiqbolli loyihalarga sarmoya kiritish, metallurgiya, nanotexnologiyalar va yangi materiallar sohasidagi ilgʻor tajribalarni oʻrganish, texnologik metallarni yetkazib berish, ilmiy-tadqiqot va konchilik faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

    Uchrashuv yakunida delegatsiya vakillari Oʻzbek-Koreya metallar markazida ham boʻlib, u yerdagi mavjud zamonaviy texnikalar bilan tanishishdi.