Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi hamkorlik

    Xalqaro hamkorlik 22 Oktabr 2020 864

    Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va Koreya isteʼmolchilar agentligi (Korea Consumer Agency) oʻrtasida videokonferensiya orqali uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Ushbu uchrashuv ikki tomon oʻrtasida isteʼmolchilarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish sohasida oʻtgan yillar davomida amalga oshirilgan ishlar asosida tajriba almashish uchun platforma sifatida xizmat qildi hamda qoʻshma loyihalar ham muhokama qilindi.

    Taʼkidlash joizki, oʻzbek va koreys tomonlari oʻz fuqarolarining uchrashuv qatnashchilari mamlakatlari hududida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishni taʼminlash toʻgʻrisida suhbat olib borishdi.

    Shuningdek, Agentlik direktori idoralar oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik umumiy harakatlarini birlashtirish va isteʼmolchilar uchun sharoitlarni yaxshilash, ularning huquqiy himoya darajasini oshirish boʻyicha samarali ishlarni taʼminlashini taʼkidlab oʻtdi, deb xabar beradi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi matbuot xizmati.