Koreya Respublikasi regbi boʻyicha terma jamoasi mamlakatimizga tashrif buyurdi

    Shu yilning 19–25-oktyabr kunlari Oʻzbekiston va Koreya Respublikalari oʻrtasida regbi boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etish uchun Koreya Respublikasining regbi terma jamoasi mamlakatimizga tashrif buyurdi.

    Mehmonlarni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida ushbu tashrifni tashkillashtirishga umumiy rahbarlik qilayotgan Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazining mutasaddi shaxslari kutib oldi.

    Shundan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Sport Markazi rahbariyati hamda yurtimizga tashrif buyurgan regbi boʻyicha Koreya Respublikasi Mudofaa vazirligi terma jamoasi mutasaddilari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda mehmonlar ularga yaratib berilgan shart-sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirishdi.

    Oʻzaro doʻstlik ruhida oʻtgan uchrashuvda Koreya Respublikasining regbi boʻyicha terma jamoasi bilan amalga oshiriladigan ishlarni Oʻzbekiston Respublikasi regbi federatsiyasi bilan hamkorlikda yuqori saviyada oʻtkazilishini taʼminlash, xalqaro sport aloqalarini mustahkamlash hamda Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasidagi oʻrtoqlik oʻyinlari bilan bogʻliq masalalar, kelajakdagi istiqboldagi rejalar yuzasidan kelishib oldilar.

    Sherzod Sharipov,

    Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy

    kommunikatsilar departamenti