Oʻzbekiston va Kuba oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari kengaytiriladi

    Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Kuba tashqi ishlar vaziri Bruno Rodriges Parrilya bilan telefon orqali muloqot qildi.

    “Kuba tashqi ishlar vaziri Bruno Rodriges Parrilya janoblari bilan telefon orqali samimiy muloqot qildik, — deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida. — Bizning keng kun tartibimiz barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi uzoq masofaga qaramasdan, Oʻzbekiston va Kuba Tashqi ishlar vazirliklari Oʻzbekiston va Kuba hamkorligini sezilarli natijalar bilan kengaytirish yoʻlida barcha imkoniyatlarini safarbar etishiga kelishib oldik”.

    Eslatib oʻtamiz, shu yil 24-fevralda Kuba elchisi etib tayinlangan Karlos Valdes de la Konsepsyonni Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan edi.

    Ikki mamlakat oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar 2006-yil 13-martda oʻrnatilgan, deb xabar beradi “Dunyo” AA.