Oʻzbekiston elchisi Temur Raxmonov Latviya ichki ishlar vaziri Rixards Kozlovskis bilan uchrashuv oʻtkazdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo« AA.
Muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Latviya oʻrtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va boshqa yoʻnalishlarda hamkorlikni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
Latviya tomoniga Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlar, jumladan mamlakatda, tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, hukumat tomonidan chet elda istiqomat qilayotgan vatandoshlarga qaratilayotgan eʼtibor haqida soʻzlab berildi.
Vazir Rixards Kozlovskis Oʻzbekistonda jinoyatchilikka qarshi kurashish va oldini olish borasidagi katta tajribani toʻplangani taʼkidlash barobarida, ikki mamlakat ichki ishlar vazirliklari oʻrtasida barcha yoʻnalishlarda hamkorlikni kengaytirish muhimligini taʼkidladi.
Xususan, yaqin istiqboldagi hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini belgilab olish maqsadida 2025-yilning birinchi yarimida ikki davlat ichki ishlar vazirliklari oʻrtasidagi uyushgan jinoyatchilik, narkotik, prekursorlar va psixotrop moddalar noqonuniy aylanishini oldini olish boʻyicha qoʻshma komissiyasi yigʻilishini Riga shahrida tashkil etish taklifi bildirildi. Shuningdek, yoshlar jinoyatchiligini oldini olish, IT-sohada jinoyatchilikka qarshi kurashish, iqtisodiy jinoyatlar va ekspertiza kabi yoʻnalishlarda hamkorlikni rivojlantirishning muhimligi qayd etildi.