Maʼlum qilinishicha, parvozlar mart oyining oxiri yoki aprel oyining boshlarida amalga oshirilishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, yoʻlovchilar va parvozlar sonining keskin koʻpayishi qayd etilmaydi, chunki Latviyaga 6-aprelgacha faqat muhim sabablarga koʻra kirishga ruxsat berilgan. Bundan tashqari, parvozlar yoʻlga qoʻyilishiga qaramay, Latviyada ham boshqa mamlakatlardagi kabi bir qator cheklovlar oʻrnatilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Toshkent va Minsk oʻrtasida muntazam aviaqatnovlar tiklangani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Navroʻz bayrami arafasida Erondan charter reyslar yoʻlga qoʻyilishi va Toshkent–Nur-Sulton–Toshkent yoʻnalishida aviareyslar soni koʻpaytirilishi maʼlum qilingan.