Muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Misr hamkorligining keng doirasi, jumladan, savdo-iqtisodiy, madaniy gumanitar hamda parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

Suhbat jarayonida tomonlar forumda koʻtarilgan masalalar, xususan, xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini, innovatsion faoliyatdagi ishtirokini kengaytirish boʻyicha tajriba almashish lozimligini qayd etdilar.

Ayniqsa, bunda qishloq joylardagi ayollarni qoʻllab-quvvatlash muhimligiga urgʻu berildi.

Shuningdek, sogʻliqni saqlash, ilm-fan, taʼlim kabi sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishda parlamentlar imkoniyatlaridan foydalanishga kelishib olindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.