Qarorga koʻra, Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston Hukumatlari oʻrtasida xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisidagi hamda havo qatnovi toʻgʻrisidagi Bitimlar tasdiqlandi.
Bitimlar 2024-yil 24-iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomalarni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda ularning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.