Oʻzbekiston va Ozarbayjon futbol uyushmalari yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionati mezbonligini yuqori saviyada oʻtkazishga ishonch bildirgan holda oʻz qoʻshma nomzodini ilgari surdi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Ozarbayjon bilan birga Oʻzbekiston ham nufuzli musobaqani qabul qilishga har tomonlama tayyor. Soʻnggi yillarda stadionlar xalqaro standartlarga mos ravishda tartibga keltirildi.
Qoʻshimcha ravishda, Osiyoning U-20, U-23 turnirlari, Markaziy Osiyo tarixida ilk bor oʻtkazilgan futzal boʻyicha Jahon chempionati mezbonligi katta tajriba vazifasini oʻtadi.
Ushbu mezbonlik FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan tarixdagi eng yaxshi mundial sifatida eʼtirof etildi.









