Ozarbayjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zokir Hasanov mehmonlarni mamlakatga tashrifi bilan qutlar ekan, ularni Ozarbayjonda koʻrishdan mamnunligini bildirib, ikki tomonlama harbiy hamkorlik doʻstlik va qardoshlik munosabatlariga asoslanganini taʼkidladi.
Oʻz navbatida Bahodir Qurbonov Ozarbayjonga tashrifidan mamnunligini qayd etilib, samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va yaqinlashib kelayotgan Gʻalaba bayrami bilan tabrikladi.
Shuningdek, Ozarbayjon va Oʻzbekiston oʻrtasidagi mudofaa sohasidagi hamkorlik har ikki davlat armiyasini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani alohida taʼkidlandi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi harbiy, harbiy-texnikaviy, harbiy-taʼlim va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlik masalalari hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa bir qator masalalar muhokama etildi.
Soʻngra ikki mamlakat Mudofaa vazirliklari oʻrtasida 2023-yilga moʻljallangan ikki tomonlama hamkorlik rejasi imzolandi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.