Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasida diplomatik aloqalar mustahkamlanmoqda

    Xalqaro hamkorlik 30 Yanvar 2025 1107

    Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda hamkorlikning eng dolzarb mavzulari va 2025-yilga moʻljallangan rejalar boʻyicha fikr almashildi. Shuningdek, diplomatik munosabatlarning oʻttiz yilligini nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi imzolandi.

    “2025-yilda Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatilganiga 30-yil toʻladi. Bugun xalqlarimiz har qachongidan ham yaqinroqdir. Biz munosabatlarimizda ittifoqchilik darajasiga yetdik“, — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.