–Toshkent xalqaro kinofestivali nihoyasiga yetdi, ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy akkauntlarim orqali menga yuzlab surat va videolar kelib tushmokda, – deydi aktyor. – Minglab fotosuratlar minnatdorchilik soʻzlari bilan joylanmoqda.
Men ham oʻz minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Festival jarayonida Oʻzbekiston va oʻzbek xalqining gʻaroyib energiyasi meni qamrab oldi. Mahorat darsim doirasida yosh kinoijodkorlar bilan muloqot qilishdan katta zavq oldim. Bugungi eng joʻshqin va samimiy niyat va soʻzlarim faqat Toshkent kinofestivaliga qaratilgan. Ehtirom va eʼtibor uchun minnatdorman.