Oʻzbekiston va Palau oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi

    Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Palau davlat vaziri Gustav Aytaro bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Ikki mamlakat oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatishga doir tarixiy hujjat — Qoʻshma kommyunike imzolandi.

    "Ushbu muhim qadam nafaqat oʻzaro ezgu niyatimizni ifoda etadi, balki hamkorlik va sheriklikning istiqbolli kelajagiga yoʻl ochadi.
    Oʻzbekiston va Palau oʻrtasida yangi imkoniyatlarni roʻyobga chiqarish hamda mustahkam va uzoq muddatli aloqalarni yoʻlga qoʻyish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz", — deydi vazir oʻzining telegram kanalida.