Oʻzbekiston va Perm oʻlkasi oʻrtasidagi ishbilarmonlik aloqalari yanada faollashtiriladi

    Toshkent shahrida oʻtayotgan “Oʻzbekiston neft va gazi” xalqaro forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya Federatsiyasi Perm oʻlkasi gubernatori Dmitriy Maxonin bilan uchrashdi.

    Suhbat chogʻida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, jumladan, sanoat kooperatsiyasi, energetika, kimyo, qishloq xoʻjaligi va taʼlim sohalarida muxim qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

    Uchrashuvda Oʻzbekiston va Perm oʻlkasi oʻrtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini yanada faollashtirish, xususan, yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va investitsiya tashkilotlari oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish muhimligi qayd etildi.