Uchrashuvda A.Ksavyer xonim Oʻzbekistonning bugungi investitsiyaviy rivojlanish surʼatlarini yuqori baholadi hamda ikki davlat oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Muloqot chogʻida taʼlim, turizm va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, hududlararo aloqalarni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, Portugaliya Yevropa Ittifoqi doirasida Oʻzbekiston bilan yaqin hamkorlik qilayotgan mamlakatlardan biri ekanligi taʼkidlandi.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar doirasida oʻzaro qoʻllab-quvvatlash amaliyotini yanada kuchaytirish borasida kelishib oldi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.









