“Dunyo“ AAning xabar berishicha, poytaxtimizdagi “Bunyodkor“ stadionida kechadigan uchrashuv soat 18:45 da boshlanadi. Bahsni xitoylik hakamlar boshqaradi. Bosh hakam Ma Ning, unga qanotlarda Joyu Fei va Jang Cheng yordam beradi. Toʻrtinchi hakam sifatida Jin Jingyuan, VAR tizimida Fu Ming ishlaydi.
Mazkur oʻyindagi hisob futbolchilarimiz uchun hech qanday ahamiyat keasb etmasada, ulardan chiroyli futbol va gʻalaba kutib qolamiz.
Oʻzbekiston va Qatar terma jamoalari 2000-yildan buyon Jahon va Osiyo chempionati saralash bosqichlari, Osiyo chempionati hamda oʻrtoqlik uchrashuvlari doirasida jami 16-marta toʻqnash kelgan. Ushbu oʻyinlarning 9 tasida Oʻzbekiston gʻalaba qozongan, 3 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan. 4 oʻyinda esa Qatar jamoasi ustunlikka erishgan.
Mamlakatimiz bosh jamoasi oʻrin olgan “A“ guruhida, shuningdek, Qirgʻiziston – BAA, Eron – KXDR oʻzaro bahs olib boradi.









