2023-yil 20-noyabr kuni I-Bishkek xalqaro kinofestivali doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori oʻrinbosari Sh.Rizayev hamda Qirgʻiziston Respublikasi Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi huzuridagi Kinematografiya departamenti direktori A. Bekbolotov, Qirgʻiziston Respublikasi kinematograflar uyushmasi raisi T.Kulmendeyev, Kinematografiya departamenti xalqaro boʻlimi rahbari E. Mamitova bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Ch.Aytmatovning “Sohil boʻylab chopayotgan olapar” nomli hikoyasi asosida badiiy filmni hamkorlikda yaratish toʻgʻrisida memorandum imzolandi.
Tomonlar umuminsoniy qadriyatlarni yuksak darajaga koʻtarishga qodir boʻlgan buyuk yozuvchi asarlarini ekranlashtirishning dolzarbligini taʼkidladilar.
Uchrashuv doʻstona muhitda boʻlib oʻtdi.