«Kazinform« xalqaro axborot agentligi maʼlumotiga koʻra, Qirgʻiziston Jogorku Keneshi mazkur mamlakat va Oʻzbekiston oʻrtasida ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun vataniga topshirish toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qildi.
Qayd etilishicha, hujjat mahkumlarni ular fuqarosi boʻlgan davlatda jazoni oʻtashni davom ettirish uchun topshirish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini tartibga soladi.
«Hozirgi kunda Oʻzbekistonda 42 nafar Qirgʻiziston fuqarosi, Qirgʻizistonda esa 98 nafar oʻzbekistonlik jazo muddatini oʻtamoqda«, – deb yozgan «Kazinform« XAA.