баннер
20 Mar 2025
20:45

    Oʻzbekiston va Qirgʻiziston mahkumlarni oʻzaro topshiradi

    mazkur Shartnomaning ratifikatsiya qilinishi mahkum oʻziga belgilangan jazoni oʻz davlatida oʻtashini davom ettirishini taʼminlash orqali uni ijtimoiy reabilitatsiya qilishni jadallashtirish imkonini beradi.

    Senatorlar tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qirgʻiz Respublikasi oʻrtasida ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun topshirish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Toshkent, 2024-yil 18-iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun maʼqullandi.

    Shartnomaning asosiy maqsadi mahkumlar jazoni oʻz fuqaroligi boʻlgan davlatda, yaʼni oʻz Vatanida, oilasi yaqinida oʻtash imkoniyatini yaratishga qaratilgan. Shartnomada jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlarni hukmni ijro etish uchun oʻz davlatiga topshirish asoslari, shartlari hamda tartiblari aniq koʻrsatib oʻtilgan.

    Shuningdek, mazkur hujjatda mahkumni topshirish bilan bogʻliq xarajatlar, nizolarni hal qilish, ikki tomonlama aloqa tillari, Shartnomaga oʻzgartirish kiritish hamda uning kuchga kirishi kabi muhim masalalar oʻrin olgan. Shartnomada Oʻzbekiston va Qirgʻiziston bosh prokuraturalari tomonlarning markaziy organlari etib belgilangan.

    Qayd etilganidek, mazkur Shartnomaning ratifikatsiya qilinishi mahkum oʻziga belgilangan jazoni oʻz davlatida oʻtashini davom ettirishini taʼminlash orqali uni ijtimoiy reabilitatsiya qilishni jadallashtirish imkonini beradi.

    Shubhasiz, mahkumlarning jazoni oʻz davlatida oʻtashi ularga yaqin qarindoshlari bilan muntazam koʻrishib turish imkoniyatini berish bilan birga mahkumlarning oilaviy munosabatlariga ijobiy taʼsir qiladi hamda ularning ijtimoiy hayotga moslashuvini tezlashtiradi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech