Oʻzbekiston va Qirgʻiziston tadbirkor ayollari oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlar natijalari

    Xalqaro hamkorlik 23 Sentabr 2021 790

    Oʻzbekiston va Qirgʻiziston tadbirkor ayollari oʻrtasida boʻlib oʻtgan “B2B” uchrashuvlari ikkala tomon tadbirkorlari uchun juda foydali boʻldi.

    Muzokaralar yakunida tomonlar oʻrtasida umumiy qiymati 13,2 million dollariga teng boʻlgan 15 ga yaqin shartnoma va memorandumlar imzolandi.

    Shartnomalar qurilish, sanoat, ishlab chiqarish, taʼlim, tekstil mahsulotlarini yetkazib berish kabi turli tadbirkorlik sohalarini qamrab olgan boʻlib, Oʻzbekistonning “Tashpulat Stroy Invest” MCHJ va Qirgʻizistonning “Sky Industrial Group”, Hyundai Construction”, “Lift Sky Elevators” nomli kompaniyalari oʻrtasida qurilish mollarini yetkazib berish, Issiqkoʻl viloyatida kottedjlar va binolarga lift oʻrnatish boʻyicha umumiy summasi 7 million dollarga teng katta qiymatli shartnomalar ayniqsa ahamiyatli.

    Oʻzbekistonning “MUINOK TOUR” va Qirgʻizistonning “ASTRA KIRGIZIYA” korxonalari oʻrtasida imzolangan memorandum ikkala tomon davlatlari uchun turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlikdagi muhim qadam boʻldi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.