Oʻzbekiston va Qirgʻiziston TIV rahbarlari uchrashuvi oʻtkazildi

    Xalqaro hamkorlik 25 Yanvar 2023 1364

    2023-yil 24-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 26-yigʻilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Qirgʻiz Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Jeyenbek Kulubayev bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan Oʻzbekiston — Qirgʻiziston munosabatlarining turli jihatlari muhokama etildi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻiz Respublikasiga boʻlajak davlat tashrifiga tayyorgarlik koʻrish masalalari koʻrib chiqildi.

    Tomonlar siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda faol muloqotni davom ettirishga tayyor ekani tasdiqlandi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.