O‘zbekiston va Qozog‘iston Bosh vazirlarining telefon orqali muloqotiga doir

    Dolzarb 6 Fevral 2024 8743

    Bugun, 6-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.

    Suhbat avvalida O‘zbekiston Bosh vaziri Oljas Bektenovni Qozog‘iston Bosh vaziri etib tasdiqlagani munosabati bilan samimiy tabrikladi.

    Shuningdek, Davlatlarimiz Rahbarlari tomonidan hukumatlarimiz oldiga O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish yo‘lida qo‘yilgan muhim vazifalarni yaqin hamkorlikda amalga oshirishga umid bildirildi.

    Avvalroq, O‘zbekiston Bosh vaziri qozog‘istonlik hamkasbiga ushbu lavozimga tasdiqlangani munosabati bilan tabrik maktubi yuborgan edi.