Xalq rassomlari – qozoq tasviriy san’ati asoschisi Abilxon Kasteev va o‘zbek rangtasvir ustasi O‘rol Tansiqboyev asarlari ko‘zdan kechirildi.
Ko‘rgazma O‘zbekiston va Qozog‘iston boy badiiy merosining yorqin ifodasi, ikki qardosh xalq o‘rtasidagi mustahkam madaniy aloqalarning ramzi bo‘ldi.
Davlat rahbarlari san’at sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, shu jumladan qo‘shma tadbirlar o‘tkazish, madaniy muloqotni rivojlantirishga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladilar.