Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida AKT sohasida Hamkorlik bayoni imzolandi

    Xalqaro hamkorlik 5 Dekabr 2021 1385

    Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasining Nur-Sulton shahriga tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatovning Qozogʻiston Respublikasi raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Bagdat Musin bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuv chogʻida tomonlar hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida istiqbolli yoʻnalishlarni muhokama qildi. Uning natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Qozogʻiston Respublikasi raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi oʻrtasida kelgusida hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Protokol imzolandi. Mazkur hujjat qator dolzarb va muhim yoʻnalishlar boʻyicha oʻzaro munosabatlarni kuchaytirishi nazarda tutadi. Xususan:

    - AKT sohasida oʻzaro tajriba va ilgʻor amaliyot bilan almashish;

    - milliy aloqani taʼminlash maqsadida keng polosali optik tolali tarmoqlarni, 5G aloqani kengaytirish, standartlash va mazkur texnologiyalarni rivojlantirish;

    - elektron hukumatni rivojlantirish, shu bilan birga elektron davlat xizmatlarni joriy etish;

    - startaplarni rivojlantirish va AKT yoʻnalishlari uchun kadrlarni tayyorlash sohalarida oʻzaro tajriba bilan almashish;

    - AKT sohasida eksport salohiyatini oshirishda oʻzaro tajriba bilan almashish;

    - pilot loyihalar shaklida sunʼiy intellekt, katta maʼlumotlar, internet buyumlari va aqlli shahar texnologiyalarni qoʻllash;

    - davlat organlari faoliyatini reinjiniring qilish (qayta yoʻlga qoʻyish) va ularni raqamli shaklga oʻtkazish boʻyicha oʻzaro tajriba almashish;

    - Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish doirasida baholash va tahlil qilish boʻyicha, shu jumladan milliy loyihalarni amalga oshirish, ularning natijalarni kuzatib borish va maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun raqamli ishlanmalarni yaratish;

    - dasturiy taʼminotni, raqamli texnologiyalarni, eshittirish content, hajmli koʻrish va gologramma texnologiyalarni ishlab chiqish;

    - raqamli rivojlanish va raqamli tayyorgarlik boʻyicha darajalarni baholash (indikatorlarni) usullarni ishlab chiqish;

    - xalqaro maydonda birgalikda loyihalarni ilgari surish.

    Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.