Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida avtobus qatnovi qayta tiklanadi

    Transport 14 Mart 2022 1941

    2022-yil 16-martdan Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida ikki tomonlama muntazam xalqaro avtobus yoʻnalishlarida qatnovlar qayta tiklanadi.

    Shuningdek, Qozogʻiston Respublikasi orqali Rossiya Federatsiyasi va Qirgʻiziston Respublikasiga tranzit avtobus tashuvlarini tashkil etish yuzasidan muzokaralar olib borilyapti.

    Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi xalqaro avtobus qatnovlari koronavirus pandemiyasi sababli 2020-yil 16-martda toʻxtatilgan edi.

    2022-yil 16-martdan tashuvchilar tomonidan Toshkent – Nursulton, Toshkent – Olmaota, Toshkent – Qiziloʻrda, Toshkent – Turkiston, Toshkent – Irgeli, Chirchiq – Chimkent, Chirchiq – Olmaota yoʻnalishlarida qatnovlarni amalga oshirish rejalashtirilgan, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.