Jumladan, Samarqand – Olmaota va Turkiston – Toshkent muntazam aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyildi.

Samarqand – Olmaota – Samarqand yoʻnalishida “Uzbekistan Airways” va “Air Astana” aviakompaniyalarining har biri tomonidan haftasiga 2 marotabadan qatnov amalga oshiriladi.

Turkiston – Toshkent – Turkiston yoʻnalishida “Air Astana” aviakompaniyasi tarkibiga kiruvchi “Fly Arystan” aviakompaniyasi tomonidan haftasiga 2 marotaba qatnov bajariladi.

Ikki davlat oʻrtasida muntazam aviaqatnovlar tiklangandan buyon sanitariya-epidemiologik talablarga qatʼiy rioya qilgan holda “Uzbekistan Airways” va “Air Astana” aviakompaniyalarining har biri tomonidan Toshkent – Olmaota yoʻnalishida haftasiga 7 marotabadan, Toshkent – Nur-Sulton yoʻnalishida esa haftasiga 3 marotabadan muntazam yoʻlovchi qatnovlari bajarilmoqda.

Shuningdek, “Uzbekistan Airways” va “SCAT Airlines” aviakompaniyalarining har biri tomonidan “Urganch – Aqtau – Urganch” (haftasiga 2-marta) yoʻnalishida hamda “SCAT Airlines” aviakompaniyasi tomonidan “Aqtau – Nukus – Aqtau” (haftasiga 1-marta) yoʻnalishida muntazam aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda.