Shartnoma shartlariga koʻra, mahkumlarni alishish uchun birinchi navbatda mahkumning roziligi kerak. Shaxs oʻz mamlakatida jazoni oʻtash niyati haqida ariza berishi lozim.
Maʼlumotlarga qaraganda, hozirda Qozogʻistonda 486 nafar oʻzbekistonlik qamoqda saqlanmoqda, Oʻzbekistonda esa 20 nafar qozogʻistonlik mahkum bor.
Qasim-Joʻmart Toʻqayev Oʻzbekiston bilan mahkumlarni alishish shartnomasini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonunni imzolagan. Ikkala davlat ham ushbu shartnomani ratifikatsiya qilib, Parlamenti tasdiqlagach, shartnoma almashilgan vaqtdan kuchga kiradi.








