Uchrashuvda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, O‘zbekiston-Qozog‘iston o‘zaro manfaatli munosabatlarini, shuningdek, butun Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik mexanizmlarini mustahkamlash masalalari muhokama etildi.

Muloqot chog‘ida ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va ishonchli aloqalar yuqori sur'atda rivojlanayotgani, mintaqalararo hamkorlik forumlarining muntazam o‘tkazib kelinayotgani bunga yorqin misol bo‘la olishi ham qayd etildi.

Xususan, T.Narbaeva ta’kidlaganidek, bunday sharoitda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama formatdagi parlamentlararo aloqalar ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi kerak. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati bundan buyon ham Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati bilan hamkorlikni mustahkamlash uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirish niyatida va o‘zaro manfaatli ikki tomonlama munosabatlarning mavjud salohiyatini imkon qadar oshirishga qattiq bel bog‘lagan.

O‘z navbatida, uchrashuvda M.Ashimbaev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha komissiya majlislari faoliyati samaradorligini va natijadorligini, bu esa Markaziy Osiyo mintaqasidagi o‘zaro hamkorlikning yangi shakllarining muhim natijasi ekanini qayd etdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar 2023-yilda Toshkent shahrida Qozog‘iston ayol ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum o‘tkazish, shuningdek, transport, sog‘liqni saqlash va mintaqaviy turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish, xususan, «Bir tur – butun mintaqa» qo‘shma dasturini amalda ro‘yobga chiqarish doirasida yangi yo‘nalishlarni ishlab chiqish orqali rivojlantirish choralarini ko‘rish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.