Suhbat avvalida T.Narbayeva M.Ashimbayevni Ostona shahrida oʻtkazilgan Jahon va anʼanaviy dinlar yetakchilarining navbatdagi VII qurultoyi muvaffaqiyatli oʻtgani bilan tabrikladi.

Muloqot chogʻida soʻnggi yillarda ikki davlat rahbarlarining oʻzaro ishonchga asoslangan munosabatlari va qatʼiy siyosiy irodasi tufayli Oʻzbekiston-Qozogʻiston qardoshlik rishtalari rivojida misli koʻrilmagan yutuqlarga erishilgani alohida qayd etildi.

Ikki mamlakat parlamenti rahbarlari Oʻzbekiston-Qozogʻiston yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ikki tomonlama hamkorlikning barcha yoʻnalishlarida amaliy sheriklikni kengaytirish yuzasidan fikr almashdilar.

Parlamentlararo hamkorlik aloqalarini kengaytirish, uni yangi mazmun bilan boyitish, norma ijodkorligi sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat soʻnggida mamlakatlarimiz oʻrtasida erishilgan barcha kelishuvlarni hayotga tatbiq etishda parlamentlar imkoniyatlarini toʻliq ishga solishga kelishib olindi.

Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati