Davlat rahbarlariga mazkur sohalardagi ilgʻor yechimlar va innovatsion ishlanmalar haqida axborot berildi.
Qozogʻiston Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilayotgan “Alem.ai” sunʼiy intellekt markazining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Alem.ai — sunʼiy intellekt sohasida mutaxassislarni oʻqitish, startaplarni ishga tushirish va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun platforma.
Yetakchilar Markaziy Osiyodagi eng yirik texnoparklar birlashmasi — “Central Asian Innovation Hubs” (“Astana Hub” va “IT Park Uzbekistan”) faoliyati bilan ham tanishdilar.
Prezidentlar raqamlashtirish sohasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, qoʻshma IT mahsulotlarini yaratish, sunʼiy intellekt va ilgʻor axborot texnologiyalari sohasidagi milliy strategiyalarni oʻzaro bogʻlash muhimligini taʼkidladilar.