O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Xivada uchrashuv o‘tkazadi

    Hukumat 4 Aprel 2024 2648

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 5-aprel kuni tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

    Qadimgi Xiva shahrida o‘tadigan muzokaralarda O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

    O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, transport va energetika sohalarida infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish, gumanitar dasturlarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

    Davlat rahbarlari mintaqaviy kun tartibidagi masalalarni ham muhokama qiladilar.