O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari kooperatsiya loyihalarini boshlab berdilar

    Hukumat 22 Dekabr 2022 5685

    Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev yirik qo‘shma investitsiya va sanoat loyihalarini boshlash bo‘yicha tantanali marosimda ishtirok etdilar.

    Loyihalar orasida Toshkent viloyatida kompleks va fosforli mineral o‘g‘itlarini ishlab chiqarishni tashkil etish, logistika markazini barpo etish, Toshkent shahrida investitsiya jalb qilish orqali uy-joy va tijorat infratuzilmasini qurish, Qozog‘istonning Qo‘stanoy shahrida avtomobillar va Qarag‘andi viloyatida maishiy texnika ishlab chiqarishni alohida qayd etish mumkin.

    Prezidentlar loyihalarga start berib, ular nafaqat o‘zaro savdo hajmini oshirishga xizmat qilishi, balki zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini, eng muhimi, minglab yangi ish o‘rinlarini yaratishiga ishonch bildirdilar.