Strategik sheriklik va doʻstlik rishtalarini yanada mustahkamlash kabi muhim mavzular kun tartibidan joy oldi.
Tashqi ishlar vazirlari Kengashining birinchi yigʻilishi bayonnomasini imzolanib, siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va xalqlar oʻrtasidagi madaniy aloqalarni chuqurlashtirishga kelishib olindi.
Shuningdek, mehmonlar YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan Xivadagi Ichan qalʼa majmuasiga tashrif buyurib, ajdodlarimizning boy madaniy-tarixiy merosi bilan tanishdi.
Xivaning betakror meʼmorchiligi va joʻshqin ruhi xalqlarimiz oʻrtasidagi asrlik mushtarak tarix va doʻstlik timsoli ekanligi yana bir bor taʼkidlandi. Tashrif davomida oʻtkazilgan konstruktiv muloqotlar ikki qardosh davlat oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.