Asosiy eʼtibor Komissiya oldida turgan ustuvor vazifalar va oliy darajadagi ikki tomonlama kelishuvlarning bajarilishi ustidan parlament nazoratini birgalikda amalga oshirish mexanizmlariga qaratildi.
Savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik, mintaqaviy aloqalarni mustahkamlash, qoʻshma sarmoyaviy loyihalarni parlament tomonidan qoʻllab-quvvatlash va Orolboʻyi muammolarini hal etish masalalarini muhokama qilish uchun Komissiyaning muntazam yigʻilishlarini oʻtkazish zarurligi qayd etildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha 2025–2026-yillarga moʻljallangan yangi “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va qabul qilish boʻyicha kelishuvga erishildi. Uning muhokamasi Parlamentlararo hamkorlik boʻyicha komissiyaning navbatdagi majlisida rejalashtirilgan.