Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar inklyuziv va korreksion taʼlim sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash istiqbollarini muhokama qilishdi. Surdopedaogika, tiflopedagogika, logopediya va oligoefrenopedagogika kabi asosiy yoʻnalishlarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Rossiya davlat pedagogika universiteti oʻzining koʻp yillik tajribasi va ilmiy salohiyati bilan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, pedagoglarning malakasini oshirish hamda inklyuziv taʼlimning xalqaro standartlarini joriy etishda faol ishtirok etadi.
Hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni ijtimoiy integratsiya qilishning samarali vositasi sifatida adaptiv jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalasi muhokama qilindi. Oʻtgan yili Oʻzbekistonda Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi tashkil etilgani va universitet bu sohada mutaxassislar tayyorlashga katta hissa qoʻshishi mumkinligi taʼkidlandi. Xususan, Toshkentdagi universitet filiali adaptiv sport boʻyicha alohida fakultet ochish rejalashtirilmoqda. Ushbu fakultet jismoniy nogironligi bor yoshlarga ishlovchi murabbiy va metodistlarni tayyorlash markaziga aylanishi kutilmoqda.
Taʼlim yoʻnalishlaridan tashqari, tomonlar bitiruvchilarning kasbiy moslashuvi masalasini ham muhokama qilishdi. Shu munosabat bilan Agentlik stajirovka oʻtash imkoniyatlarini yaratish va mutaxassislarni ishga joylashtirishda koʻmaklashishga tayyorligini bildirdi. Bu esa bitiruvchilarning mehnat bozoriga samarali integratsiya qilinishiga xizmat qiladi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha Oʻzaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolandi. U ijtimoiy himoya, inklyuziv taʼlim va kadrlarga tayyorlash sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratadi.
Imzolangan kelishuv Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi sherikligining muhim bosqichiga aylanishi kutilmoqda, ilgʻor taʼlim va amaliy echimlarni joriy etishga xizmat qiladi. Ushbu hamkorlik doirasida mutaxassislar tayyorlash tizimi shakllanib, inklyuziv taʼlim sifati oshiriladi, nogironligi bor shaxslar uchun taʼlim olish, ijtimoiylashuv va jamiyatda muvaffaqiyatli roʻyobga chiqish imkoniyatlari kengayadi.
M amaliy yechimlarni joriy etishga koʻmaklashib, sheriklikni rivojlantirishda muhim bosqich boʻladi.