Oʻzbekiston va Rossiya Bosh vazirlarining telefon orqali muloqot qildi

    Joriy yilning 10-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.

    Suhbat avvalida O‘zbekiston Bosh vaziri Mixail Mishustinni Rossiya hukumati raisi etib qayta tasdiqlangani munosabati bilan samimiy tabrikladi.

    Shuningdek, Davlatlarimiz Rahbarlari tomonidan hukumatlarimiz oldiga O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shu jumladan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida qo‘yilgan muhim vazifalarni yaqin hamkorlikda amalga oshirishga umid bildirildi.

    Avvalroq, O‘zbekiston Bosh vaziri rossiyalik hamkasbiga Rossiya hukumati raisi lavozimiga qayta tasdiqlangani munosabati bilan tabrik maktubi yuborgan edi.