Yaqin kunlarda “Sputnik Vostok Prodakshn” kompaniyasi ijodiy guruhining Oʻzbekistonga tashrifi kutilmoqda. “Quyosh lazzati” filmi oilaviy sarguzasht fantaziya janrida suratga olinadi.
“Film “Quyosh lazzati” deb nomlangan boʻlib, u aynan oʻzbek quyoshining sehrini namoyon etadi”, - deydi film prodyuseri Aleksandr Kessel.
Taʼkidlash joizki, ayni kunlarda Rossiyada kasting davom etmoqda. Kastingda Dmitriy Nagiyev, Nikolay Fomenko, Aleksey Gorbunov, Nikita Manes, Aleksandr Mixaylov, Olga Sutulova, Yevgeniy Siganov, Yelena Lyadova, Pavel Derevyanko, Viktoriya Isakova ishtirok etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi 2020-yil oktyabr oyida Rossiyaning “Sputnik Vostok Prodakshn” kinokompaniyasi bilan “Quyosh lazzati” filmini suratga olish boʻyicha memorandum imzolagan edi.