Oʻzbekiston va Rossiya hamkorlikda “Masjid” hujjatli filmini suratga oladi

    Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi va Sankt-Peterburgdagi “Lendok” hujjatli filmlar studiyasi oʻrtasida Toshkent kinofestivalining biznes dasturi doirasida memorandum imzolandi.

    Film Rossiyaning shimoliy poytaxti va Buxoroni oʻzaro bogʻlagan Buxoro amirlari haqida hikoya qiladi.

    “Ushbu imzolanayotgan memorandumga keladigan boʻlsak, “Masjid” nomli mazkur hujjatli film Sankt-Peterburg shahrida masjid qurilishi haqida hikoya qiladi. Shahrimizda boʻlganlar masjid shaharning har tarafidan koʻrinib turinishini bilishadi. Uning qurilish tarixi juda hayratlanarli. U barcha mamlakatlar musulmonlari yordamida qurilgan. Bizning vazifamiz katta film yaratish va u orqali Sankt-Peterburg shunchaki masjid mavjud boʻlgan joy emas, balki u biz bilan doʻst boʻlgan va biz tashrif buyuradigan barcha mamlakatlar musulmonlari uchun doʻstona maskan ekanligini koʻrsatishdir,” - deydi “Lendok” direktori Aleksey Telnov.

    “Yirik hujjatli filmlar kinostudiyalaridan biri “Lendok” bilan hamkorlik Yangi Oʻzbekistonda kinematografiya sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy oʻzgarishlarni yana bir bor amoyon etmoqda. Xalqaro hamkorlikning kengayishi, jahon kinoijodkorlari va hujjatli film ustalari uchun eng qulay shart-sharoit yaratilayotgani bu boradagi ishlar yuksak samaralar berayotganini koʻrishimiz mumkin. Buni sohaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Respublikamiz hukumati tomonidan koʻrsatilayotgan eʼtibor va qoʻllab-quvvatlov samarasidir,” – dedi XIV Toshkent kinofestivali Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov.

    Taʼkidlab oʻtish joizki, 15-sentyabr kuni “Oʻzbek kuno kuni” doirasida dunyoning bir qator davlatlari bilan 30 ga yaqin hamkorlik shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

    Eslatib oʻtamiz, “Ipak yoʻli durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali joriy yilning 13-18-sentyabr kunlari boʻlib oʻtadi. Unda dunyoning 40 ta davlatidan, jumladan, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmanistondan 500 dan ortiq kinematograflar ishtirok etmoqda. Kinofestival doirasida 150 ta badiiy, hujjatli va qisqa metrajli filmlar namoyish etiladi.

    Tadbirlar va filmlar namoyishining toʻliq jadvali bilan faqatgina kinofestival tashkilotchisining rasmiy sayti – tiffest.uz orqali tanishish mumkin.

    Kinematografiya agentligi Axborot xizmati