Oʻzbekiston va Rossiya harbiy va fuqaro xizmatlari vertolyotlari dvigatellarini taʼmirlash boʻyicha qoʻshma markaz yaratadi

    Sanoat 26 Iyul 2021 1420

    Oʻzbekiston va Rossiya Oʻzbekistonning Toshkent viloyati Chirchiq shahrida harbiy va fuqaro xizmatlari vertolyotlar dvigatellarini taʼmirlash boʻyicha qoʻshma markaz yaratadi, deb xabar beradi Trend “ODK-Klimov” AJ maʼlumotiga tayanib.

    “ODK-Klimov” kompaniyasi va Chirchiq aviatsiya taʼmir zavodi vertolyotlarning TVZ-117 rusumli dvigatellarini va VR-14 rusumli bosh reduktorlarini Oʻrta taʼmirlash markazini tashkil etish boʻyicha bosh bitimni imzoladi.

    “Bitim doirasida Rossiya tomoni zarur jihozlar, detallar va yigʻim qismlarini yetkazib beradi, shuningdek mutaxassislarning sertifikatlangan texnik brigadasini taqdim etadi. Oʻz navbatida Chirchiq aviatsiya taʼmir zavodi Oʻrta taʼmirlash markazini tashkil etish uchun ishlab chiqarish maydonini taqdi etadi va uni talablarga muvofiq jihozlaydi”, — deb xabar beradi Rostex korporatsiyasida. “ODK-Klimov” ham aynan mazkur korporatsiya tarkibiga kiradi.

    “Hujjat nafaqat aviadvigatellarni taʼmirlash boʻyicha ishlarning bajarilish tartibini belgilaydi, shuningdek, oʻrganish qismida strategik birgalikdagi harakatini, sotuvdan keyingi xizmat koʻrsatish sohasida ilgʻor tajribaning yoyilishi va tizimlashishini, progressiv ilmiy-texnik ishlanmalarning, hamda ikki mamlakat aviatsiya sohasida servis yoʻnalishini rivojlantirish uchun zarur boʻlgan eng yangi texnologiyalarning izlab topilishi va joriy etilishini belgilaydi”, — deya taʼkidladi “ODK-Klimov” direktori Aleksandr Vatagin.

    Chirchiq aviatsiya taʼmir zavodi — Oʻzbekistonning fuqaro aviatsiya texnikasini, jumladan Mi-8, Mi-8MT, Mi-8MTV-1, Mi-17 vertolyotlarini kapital taʼmirlash va modernizatsiyalash, shuningdek uskunalarni, butlovchi qismlarni, agregatlarni va tizimlarni, oʻlchash vositalarini va nazorat-tekshiruv apparatlarini taʼmirlash boʻyicha yetakchi korxona sanaladi.

    “ODK-Klimov” — dvigatelqurilish sohasi korxonasi gazquvur dvigatellarini va samolyot va vertolyotlar uchun boshqaruv tizimlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Uning tarkibiga konstruktorlik byurosi, zamonaviy ishlab chiqarish va va eksperimental bazasi, servis markazlari kiradi, deb xabar beradi Mustaqil hamdoʻstlik mamlakatlari Ijroiya qoʻmitasi.