Bu haqda Rostovda Don hududi va Markaziy Osiyo mamlakati hukumatlari vakillari uchrashuvida soʻz yuritildi, deb xabar beradi Don24 Axborot agentligi.
Tomonlar hududning savdo-iqtisodiy va investitsiya salohiyati toʻgʻrisida dolzarb maʼlumotlar almashdi, kelajakdagi hamkorlik istiqbolini muhokama qildi.
“Rostov oblasti uchun Oʻzbekiston Respublikasi unumdor munosabatlar yoʻlga qoʻyilgan va rivojlanayotgan muhim strategik hamkor. Biz tashqi savdo aloqalarini kengaytiramiz, “Xalqaro kooperatsiya va eksport” milliy loyiha doirasida samarali ish olib borishni davom ettiramiz. 2021-yilning birnichi yarim yillik yakuniga koʻra, Don hududi va Oʻzbekiston oʻrtasidagi tashqi savdo aylanmasi 74,8 million dollarni tashkil qilib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 6,7 foizga oʻsdi”, — deb taʼkidladi Rostov oblasti iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Papushenko.
Rostov oblastining Oʻzbekistonga eksporti yiliga 100 million dollardan oshiq. Eksportning tovar tizimida oziq-ovqat tovarlari, xususan, yogʻlar — oʻsimlik va hayvon yogʻlari, mashinasozlik mahsulotlari koʻpchilikni tashkil qiladi. Oʻzbekistondan Don hududi koʻproq tekstil buyumlari va kimyo mahsulotlarini import qiladi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi Shaxta shahriga tashrif buyurib, u yerda mahalliy sanoat korxonalarida boʻldi.
Oktyabr oyining oʻrtalarida Rostov oblasti va Oʻzbekistonning Jizzax viloyati ishbilarmonlari oʻrtasida onlayn-uchrashuvini oʻtkazish rejalashtirilgan.