Oʻzbekiston va Rossiya olimlari koʻcha zoʻravonligini aniqlaydigan neyron tarmoq yaratdi

    Oʻzbekiston va Rossiya olimlari guruhi videokuzatuv kameralari orqali koʻchadagi zoʻravonlikni aniqlay oladigan neyron tarmoq yaratdi.

    Bu haqda TASS nashri xabar berdi Janubiy Ural davlat universiteti matbuot xizmatiga tayanib.

    «Koʻcha videokuzatuv kameralaridagi ulkan maʼlumot oqimi bino kameralari uchun ishlab chiqilgan mavjud neyron tarmoqlarni zoʻriqtirardi. Olimlar yaratgan neyron tarmoq bu zoʻriqish muammosini muvaffaqiyatli hal qildi. Neyron koʻcha videokuzatuv kameralari tomonidan qayd etilgan koʻcha zoʻravonligi holatlarining 98 foizidan ortigʻini koʻp qiymatli mantiq yordamida aniqlay oladi, — deb xabar berdi universitet matbuot xizmati.

    Maʼlum qilishicha, yangi model “ha«, «yoʻq« va «aniqlanmadi” modelida ishlaydi.

    Qoʻshimcha qilinishicha, Rossiya-Oʻzbekiston olimlari tomonidan ishlab chiqilgan neyrotarmoq «aqlli shahar« tizimida qoʻllanilishi kutilmoqda.